Zelenskiy Kanadadagi G7 sammitini shoshilinch tark etdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kanadadagi G7 sammitini shoshilinch tark etdi va o‘z mamlakatiga qaytmoqda. U Kanadaga tashrifi dasturini qisqartirdi. Bu haqda bugun, 18 iyun kuni manbalariga tayanib, Ukrainaning “Suspilne” va Kanadaning CBC telekanali xabar berdi.

Ukraina delegatsiyasidagi manbalarning CBC telekanaliga aytishicha, Zelenskiyning safarini muddatidan oldin yakunlash qarori Rossiyaning Kiyevga bergan zarbalari, 20 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgani, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Trampning Kanadani muddatidan oldin tark etishi bilan bog‘liq.

Tramp Kanadaning Kananaskis shahrida bo‘lib o‘tgan G7 sammitidagi ishtirokini zudlik bilan to‘xtatdi va 16 iyun oqshomidagi uchrashuvlarning birinchi kunidan so‘ng AQSHga qaytdi.

Oq uy uning ketishini Yaqin Sharqdagi hozirgi vaziyat bilan izohladi. Kecha, 17 iyun kuni Tramp, jumladan, Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan edi. 

Rossiya Federatsiyasi esa 17 iyunga o‘tar kechasi Kiyevning turli hududlaridagi o‘nlab binolar va boshqa ob’ektlarga, jumladan, turarjoy binolari, ta’lim muassasalari va muhim infratuzilma ob’ektlariga hujum qildi. Raketalardan biri Solomenskiy tumanidagi to‘qqiz qavatli turarjoy binosiga tegib, butun kirish eshigi qulab tushgan. Vayronalar ostidan 21 kishining jasadi chiqarildi, qidiruv ishlari davom etmoqda. Rossiyaning Kiyevga bergan zarbalari qurbonlarining umumiy soni 26 kishiga yetdi. Shuningdek, 134 nafar qurbonlar ham bor. Bugun, 18 iyun Kiyevda motam kuni deb e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy G7

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing