Zelenskiy Qrimni Rossiyaga berishga tayyor – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp  Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdan voz kechishga tayyorligiga ishonishini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 aprel kuni “Fox News” telekanali efirida so‘z ochdi.

“Ha, men shunday deb o‘ylayman”, dedi Oq uy rahbari Zelenskiy yarimoroldan “vos kechish”ga tayyormi, degan savolga javoban.

Bu so‘zlar Ukraina davlati rahbarining izohlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri zid keladi.

Qayd etish joiz, 26 aprel kuni Tramp Vatikanda Ukraina Prezidenti bilan uchrashgan edi. Ertasi kuni esa Vatikandan qaytayotgan Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan Ukrainada “o‘q uzishni to‘xtatib”, tinchlik bitimini imzolashini xohlayotganini aytdi.

“Shartnoma tuzish uchun bizda shartlar borligiga ishonaman va uni imzolashini istayman”, deydi u.

Tramp va Zelenskiy 26 aprel kuni Vatikanda muzokara o‘tkazdi; siyosatchilar u yerga Rim papasi Fransiskning dafn marosimiga kelishdi. Bu Ukraina rahbarining 28 fevral kuni tashrifi chog‘ida Oq uyda ro‘y bergan janjaldan keyin Ukraina va AQSH Prezidentlarining birinchi shaxsiy muloqoti bo‘ldi. Tramp bu safar oldingi hodisani “kichik mojaro” deb atadi.

“Men uning gaplariga qo‘shilmadim, kameralar esa aylana boshladi”, dedi Amerika rahbari.

Yangi uchrashuv taxminan 15 daqiqa davom etdi. Oq uy buni “samarali”, Kiyev esa “juda ramziy” deya ta’riflagan.

Muzokaralar oldidan Trampning Ukrainaga nisbatan yangi tanqid to‘lqini paydo bo‘ldi. AQSH Prezidenti Zelenskiyning anneksiya qilingan Qrimni Rossiya deb tan olishni istamasligi haqida salbiy gapirdi – OAV xabarlariga ko‘ra, bu Tramp jamoasi tomonidan tuzilgan tinchlik kelishuvining bandlaridan biri bo‘lgan.

Ushbu munozaralar fonida 24 aprel kuni Rossiya Kiyevga navbatdagi yirik hujumni boshladi. AQSH Prezidenti sodir bo‘lgan voqea haqida keskin gapirdi.

Vatikanda Zelenskiy bilan uchrashgandan so‘ng, Tramp yana bir necha kun avval Kiyevni bunda ayblagan bo‘lsa-da, Kreml tinchlik shartnomasini imzolashdan bosh tortsa, unga sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp Ukraina Vladimir Zelenskiy Qrim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing