Zelenskiy “qora shahzoda” bilan uchrashdi  

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 27 fevral kuni Saudiya Arabistoniga bordi. U yerda Zelenskiy mamlakat Bosh vaziri va valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Zelenskiy Saudiya Arabistoniga valiahd shahzoda bilan muntazam muloqotni davom ettirish uchun borganini yozgan.

Tomonlar Ukraina tinchlik formulasi, mahbuslar almashinuvi va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

“O‘tgan yili Jiddada uni amalga oshirish bo‘yicha maslahatchilar darajasida samarali uchrashuv o‘tkazdik. Biz hozir birinchi Tinchlik sammitini o‘tkazishga yaqinmiz va Saudiya Arabistonidan davomiy faol yordamni kutamiz. Muzokaralarning ikkinchi mavzusi – mahbuslar va deportatsiya qilinganlarni qaytarish. Ishonchim komilki, bu uchrashuv natija beradi”, deydi Zelenskiy.

Prezidentning aytishicha, tomonlar iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va Saudiya Arabistonining Ukrainani tiklashdagi ishtirokini ham muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoniga borgan va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Ukraina Vladimir Zelenskiy Muhammad bin Salmon Ol Saud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made