Zelenskiy Qatar Amiri bilan muzokara o‘tkazadi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 5 iyun kuni Qatarga bordi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Ukraina rahbari Qatar Tinchlik sammitiga tayyorgarlik ko‘rishda faol ishtirok etgani va unda odamlarning uyiga qaytishi, global oziq-ovqat va yadroviy-energetika xavfsizligi uchun Yaqin Sharq ovozlaridan biriga aylanishi kerakligini ta’kidladi. .

Zelenskiy ukrainalik bolalarning Rossiyadan qaytarilishi haqida Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan gaplashishlarini aytdi.

“Ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha xalqaro koalitsiya doirasida ham, kun tartibidan o‘rin olgan Tinchlik sammiti doirasida ham bu ishni davom ettirish haqida gaplashamiz”, deb yozgan Prezident.

Tomonlar, shuningdek, bir qator ikki tomonlama iqtisodiy va xavfsizlik masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Shveysariyada 15-16 iyun kunlari Ukrainada tinchlikka erishish yo‘lida mamlakatlarning sa’y-harakatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan sammit bo‘lib o‘tadi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar uchrashuvda, jumladan, yadroviy va oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek, “hamma uchun” formulasi bo‘yicha harbiy asirlarni almashish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Sammitga 160 dan ortiq davlat taklif etilgan. Rossiya taklif etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shveysariyadagi tadbirda AQSH Prezidenti Jo Bayden emas, balki vitse-prezident Kamola Harris qatnashishi ma’lum qilingandiXitoy va Saudiya Arabistoni ham mazkur konferensiyada ishtirok etmasligi xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Qatar Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing