Zelenskiy Gaagada Tramp bilan uchrashadi
Olam
−
25 iyun 4877 1 daqiqa
Bugun, 25 iyun kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Gaagada o‘tayotgan NATO sammiti doirasida uchrashadi. Bu haqda Oq uydagi manbasiga tayanib, “Politico” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Zelenskiy ham mazkur uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan.
“Ha, men Tramp bilan uchrashishni rejalashtiryapman. Jamoalar ishlayapti. Ochig‘ini aytaman, qanday bo‘lishini bilmayman”, deydi Zelenskiy.
Nashrning boshqa bir manbasiga ko‘ra , NATOning Gaagada bo‘lib o‘tadigan sammitida Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti mamlakatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, lekin blokka kirish uchun aniq muddatni aytishmaydi.
Qayd etish joiz, mamlakat rahbarlari oxirgi marta joriy yilning 29 aprel kuni Lotin Amerikasidan chiqqan birinchi papa hisoblanuvchi Fransiskning dafn marosimida uchrashgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 24-25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga taklif qilinganini ma’lum qilgandi.
Dilshod Hakimov
Live
Barchasi