Ukraina Gaagadagi NATO sammitiga taklif qilindi
Olam
−
03 iyun 2662 1 daqiqa
Ukraina 24-25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga taklif qilindi. Bu haqda kecha, 2 iyun kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.
“Biz NATO Bosh kotibi bilan uchrashdik. Bizni NATO sammitiga taklif qilishdi. Menimcha, bu muhim. Endi vazir (Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey) Sibiga o‘z hamkasblari bilan infratuzilma va Gaagadagi ushbu sammitdan qanday natijalarga erishish mumkinligi haqida gaplashadi”, dedi Zelenskiy.
Zelenskiy, shuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Oq uy rahbari Donald Tramp, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina davlati rahbari o‘rtasida uchrashuv tashkil etish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
“Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an bilan suhbatlashdim. Haqiqatan ham, u to‘rtta yetakchi – u, Amerika Prezidenti, Putin va men uchrashuvimiz bo‘lsa, o‘zimni qanday his qilishim haqida signal berdi. Men unga rahbarlar darajasidagi uchrashuvni qo‘llab-quvvatlashimni aytdim, chunki menda bizning uchrashuvimizsiz sulh bo‘lmaydi degan taassurot bor”, dedi Ukraina Prezidenti.
Kecha, 2 iyun kuni Istanbulda Chirag‘an saroyida bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Rossiya delegatsiyasiga Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy, Ukraina tomoniga Mudofaa vaziri Rustam Umarov boshchilik qildi. Uchrashuv yopiq formatda o‘tkazildi.
Live
Barchasi