Zelenskiy G7 sammiti doirasidagi uchrashuvlarini boshlab yubordi

Olam

image

Bugun, 20 may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xirosimada Buyuk Britaniya va Italiya Bosh vazirlari Rishi Sunak va Jorjiya Meloni bilan alohida-alohida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Yaponiyada men Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan uchrashdim. Buyuk Britaniyaning xalqaro qiruvchi samolyotlar koalitsiyasidagi yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirdim", deb yozgan Zelenskiy.

Ukraina Prezidentining aniqlik kiritishicha, u G7 sammitida ishtirok etish arafasida Sunak bilan pozitsiyalarni kelishib olgan va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan. 

“Biz 14 may kuni Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni kelgusida amalga oshirishni muhokama qildik”, deya qo‘shimcha qilgan Ukraina yetakchisi.

Shuningdek, Zelenskiy sammit doirasida Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni bilan ham uchrashgan va u bilan havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish va ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash haqida suhbatlashgan.

"Men Italiya Bosh vaziri Jorj Meloni bilan uchrashdim. Biz Italiyaning Ukrainani harbiy va siyosiy qo‘llab-quvvatlashi hamda 13 maydagi Italiyaga tashrifning birinchi natijalarini muhokama qildik”, deydi Zelenskiy.

Aytish joizki, G7 sammiti boshlanishiga bir necha kun qolganida ham ommaviy axborot vositalarida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ishtiroki formati haqida turli taxminlar paydo bo‘la boshlagandi. Dastlab uning onlayn tarzda so‘zga chiqishi aytilgan bo‘lsa, keyinchalik Zelenskiy sammitda shaxsan qatnashishi xabar qilindi. lashi xabar qilingan edi, keyin esa borishi aytildi. Keyin esa bu da’volar rad etildi. Kiyevning o‘zi davlat rahbarining Xirosimaga safari haqida e’lon qilmadi.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining tushuntirishicha, dastlab Ukraina Prezidenti sammitda onlayn tarzda ishtirok etishi kerak edi. Ammo keyin Zelenskiy uchrashuvda shaxsan ishtirok etish istagini bildirgan. U bugun, 20 may kuni Xirosima aeroportiga Fransiya hukumati samolyotida yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 may kuni Zelenskiy Rimda Meloni bilan uchrashgandi. Muzokaralar yakunida u “Ukraina osmonini himoya qilish” bo‘yicha muhim qarorlarga erishilganini aytdi. Prezident qanday qarorlar qabul qilinganiga aniqlik kiritmadi. 14 mayda esa Ukraina rahbari Buyuk Britaniyada Sunak bilan muzokaralar o‘tkazdi va u London Kiyev hukumatini F-16 qiruvchi samolyotlari bilan ta’minlashga tayyor davlatlar koalitsiyasini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. London, shuningdek, “yaqin oylarda” Kiyev havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yuzlab o‘q-dorilar va 200 km dan ortiq masofaga uchuvchi yuzlab hujumchi uchuvchisiz samolyotlarni olishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy Rishi Sunak G7 Jorjiya Meloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made