Zelenskiy F-16 halokatidan so‘ng Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonini ishdan bo‘shatdi
Olam
−
31 avgust
7250Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Mikola Oleshukni lavozimidan ozod qildi. Zelenskiy Oleshukni ishdan bo‘shatish haqidagi farmonni imzolagan.
Ishdan bo‘shatish sababi hujjatda ko‘rsatilmagan. Biroq, kechki videomurojaatda Zelenskiy Oleshukning ishdan bo‘shatilishini izohlar ekan, o‘zini qo‘mondonlik darajasida mustahkamlash va odamlarga, shaxsiy tarkibga, barcha askarlarga g‘amxo‘rlik qilish zarurligini ta’kidladi.
Bosh shtab markazi bayonotida aytilishicha, bungacha “Markaz” havo qo‘mondonligini boshqargan general-leytenant Anatoliy Krivonojko Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukrainaga taqdim etilgan F-16 qiruvchi samolyotlaridan biri halokatga uchragan edi. Buni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi tasdiqladi. Hodisa 26 avgust kuni Rossiyaning yirik raketa hujumini qaytarish vaqtida yuz bergan. Samolyot halokati oqibatida “Oy baliqlari” chaqiruv belgisi bilan uchuvchi Aleksey Mes halok bo‘ldi.
LiveBarchasi