Zelenskiy Donbassdagi qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini tekshirishni buyurdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy qo‘mondonlik-nazorat organlari va harbiy qismlarning Donbassdagi harbiy operatsiya zonasida vazifalarni bajarishga tayyorligini tekshirishni buyurdi. Bu haqda davlat rahbari devoni ma’lum qildi.

“Tekshiruvga Ukraina Prezidenti devoni vakillari, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi xodimlari, Mudofaa vazirligi va Qurolli Kuchlar jalb qilingan”, deyiladi xabarda.

Tekshiruvning asosiy maqsadlari qatoriga Mudofaa vazirligi rahbariyati va Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi tomonidan kuch ishlatish zonasidagi bo‘linmalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini aniqlash kiritilgan. Bundan tashqari, u yerda tayyorgarlik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing