Zelenskiy devonida Rossiyada Putin hokimiyati qachon ag‘darilishi aytildi

Olam

image

G‘arb davlatlarining mislsiz sanksiyalariga duchor bo‘lgan Rossiya tahlilchilar taxmin qilganidan ko‘ra chidamliroq ekanini ko‘rsatdi. Bunday fikrni Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich “Best Radio Israel”ga bergan intervyusida bildirdi.

“Putin rejimida muammolar bor, ammo hozircha ular oddiy fuqaroga unchalik ko‘rinmaydi. Rossiya Federatsiyasi qulashi mumkin va hatto bu reallikdir. Lekin bu ko‘pchilik istagandek tez bo‘lmaydi”, deydi u.

Arestovichning fikricha, agar “hammasi shu tarzda davom etsa, Putin rejimi qulashiga yana bir yarim-ikki yil vaqt qolgan”.

“Eng real ssenariy – elitaning bo‘linishi. Ommabop tartibsizliklar bo‘lishi dargumon. Garchi hududlarda markazdan norozilik kuchaymoqda. Kelajakning yo‘qligi zamonaviy Rossiyani o‘ldiradi. Kremlning real bo‘lmagan rejalari uchun tubsizlikka sakrash rejimni qulashiga olib keladi”, deya xulosa qilgan Arestovich.

Avvalroq rossiyalik muxolifatchi jurnalist Aleksandr Nevzorov Litva Rossiyaning parchalanishini boshlashini bashorat qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Putin 1999 yildan beri Rossiyada hokimiyatni qo‘lida tutib turibdi. U yana ikki marta Prezident etib saylanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

926

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing