Zelenskiy dekabrgacha Ukrainada tinchlikka erishish rejasini tayyorlamoqchi

Olam

image

2024 yil noyabr oyi oxirigacha Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlikka erishish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u NHK televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Men o‘z ma’muriyatim va diplomatik jamoamiz oldiga tegishli vazifani qo‘ydim, o‘ylaymanki, reja noyabr oyi oxiriga qadar tayyor bo‘ladi”, deydi Zelenskiy.

U Ukraina armiyasining kuchayishi, birinchi navbatda Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va Rossiyaga xalqaro diplomatik bosim “urushni adolatli yakuniga yetaklaydigan uchta komponent” ekaniga ishonch bildirgan.

Ukraina Prezidenti mojaroni muzlatish bo‘yicha norasmiy takliflar olganini, biroq ularni qabul qila olmasligini ta’kidladi. Shuningdek, u harakatlar rejasining asosini Ukrainaning hududiy yaxlitligi masalasi tashkil etishini va bu mavzu manfaatdor davlatlar bilan mohiyatan muhokama qilinishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yilning oxirigacha urushning qiyin davri yakunlanishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made