Zelenskiy AQSHda Tramp bilan uchrashadi
Olam
−
21 Sentabr 3536 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka boradi va u yerda AQSH rahbari Donald Tramp bilan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari haqida gaplashadi. Bu haqda Ukraina rahbari 19 sentyabr kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
Prezidentning ta’kidlashicha, Amerikada Rossiya tomonidan o‘g‘irlab ketilgan ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tadi. Zelenskiyga ko‘ra, sammitda ishtirok etishga tayyor bo‘lgan 38 delegatsiya mavjud.
“Uchrashuvlarda Qrim platformasi ham bo‘ladi. Shuningdek, biz taxminan o‘nlab mamlakatlarga ishonamiz. Ko‘p sonli ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘ladi: biznes, texnologiya, mudofaa”, deya ta’kidlagan Zelenskiy.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ehtimol Ukraina va AQSH birinchi xonimlarining gumanitar masalalar, bolalar bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tishi ham mumkin.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, u Nyu-Yorkda Tramp bilan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qiladi.
“Biz Amerika Qo‘shma Shtatlari yaqin bo‘lishini hisobga olib, Yevropa borishga tayyor bo‘lgan xavfsizlik kafolatlari uchun asos tayyorladik. Biz ko‘p muhokamalar o‘tkazdik, turli darajalarda, shu jumladan, armiyalarimiz va bosh shtab rahbariyatimiz yevropaliklar, amerikaliklar bilan muloqot qildik”, degan Prezident.
Shuningdek, Zelenskiy Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning AQSH Prezidenti bilan uchrashuvi bo‘lganini eslagan. Starmer Zelenskiy va Tramp Nyu-Yorkdagi ikki tomonlama uchrashuvda qanday masalalarni muhokama qilishlari to‘g‘risida kelishib olgan.
“Men o‘zim uchun aynan shu signallarni olishni istardim, biz xavfsizlik kafolatlariga juda yaqinmiz”, degan Zelenskiy.
Qayd etish joiz, Prezident Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida Ukraina delegatsiyasini boshqaradi.
BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi yuqori darajadagi hafta esa 23-29 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati NATO ittifoqchilari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi moliyalashtirish mexanizmi doirasida Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni ma’qullagandi. Yordamning umumiy qiymati 500 million dollarni tashkil etadi va u yaqin kunlarda yuborilishi mumkin.
Live
Barchasi