Zelenskiy AQSH vositachilaridan norozi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH vositachilarini Ukrainaga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatishda aybladi. U bu haqda Ukraina davlat telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiyning aytishicha, AQSH vakillari Rossiyaga borishadi, ammo Ukrainaga kelishmaydi. U bu holatni “hurmatsizlik” deb atagan.

U, ayniqsa, AQSH muzokarachilari Stiv Uitkoff va Jared Kushnerni tilga olgan.

Shu bilan birga, Zelenskiy Ukrainaga kelmaslikni tushunishini, chunki mamlakat urush holatida ekanini aytgan, lekin boshqa xalqaro vakillar baribir Kiyevga tashrif buyurayotganini ta’kidlagan.

Uning fikricha, muzokaralarda eng muhim narsa joy emas, balki natijadir.

Donbas masalasiga to‘xtalib, Zelenskiy Ukraina qo‘shinlarini Donetsk va Luganskdan olib chiqish talabini qat’iyan rad etgan. U buni strategik mag‘lubiyat deb baholagan.

Zelenskiy shuningdek, agar Ukraina mudofaa chizig‘i zaiflashsa, bu Rossiyaga yana hujum qilish imkonini berishini aytib, xavfsizlik kafolatlari masalasini ham ko‘targan.

Uning fikricha, urushni eng tez to‘xtatish yo‘li hozirgi front chizig‘ini muzlatish bo‘lishi mumkin, ammo bu ham ko‘plab xavflarni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Belarus Ukraina bilan chegara yaqinida yo‘llar qurish va artilleriya pozitsiyalarini jihozlashni boshlagani haqida aytgandi. Shu asosda Zelenskiy bu harakatlarni Rossiyaning navbatdagi urinishi – Belarusni urushga tortish rejasi bilan bog‘lagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Vladimir Zelenskiy Stiv Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing