Zelenskiy AQSH vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Olam
−
15 fevral
2720Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens kecha, 14 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC) doirasida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiya va Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg, Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak ham ishtirok etdi.
“Asosiy maqsad, prezident Tramp ta’kidlaganidek, biz urush tugashini istaymiz. Biz qotillik to‘xtatilishini istaymiz. Lekin biz Sharqiy Yevropada bir-ikki yil ichida mojaroga olib keladigan tinchlikni emas, mustahkam tinchlikni istaymiz”, dedi Vens Zelenskiy bilan suhbatdan keyin.
Ukraina Prezidenti, o‘z navbatida, AQSH va Donald Trampga mamlakatini qo‘llab-quvvatlagani uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirdi.
“Biz ko‘proq gaplashishimiz, ko‘proq ishlashimiz va Putinni to‘xtatish va urushni to‘xtatish rejasini tayyorlashimiz kerak. Biz tinchlikni juda xohlaymiz. Lekin bizga haqiqiy xavfsizlik kafolatlari kerak va biz uchrashuvlarimiz va ishimizni davom ettiramiz”, dedi u.
Shuningdek, Ukraina va AQSH jamoalari ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Bildirilishicha, tomonlar bir qator muhim masalalarni muhokama qilgan. Ukraina keyingi uchrashuvlar va vaziyatni chuqurroq baholash uchun Kit Kellogning tashrifini intiqlik bilan kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiya va Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg bilan uchrashgan va suhbat chog‘ida Yermak Kellogga “Putin hech qachon qoida bo‘yicha o‘ynamas”ligini aytgan va uni “o‘zini aldab qo‘ymaslikka” chaqirgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


