Zelenskiy 45 yoshga to‘ldi!
Olam
−
25 yanvar 2023
11788Bugun, 25 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 45 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan QALAMPIR.UZ Zelenskiy haqidagi muhim ma’lumotlarni qisqacha tarzda eslatib o‘tadi.
Shaxsiy xayoti, oilasi
Vladimir Zelenskiy 1978 yilning 25 yanvarida Krivoy Rog (Ukraina SSSR hududi) shahrida tug‘ilgan.
Otasi - Aleksandr Zelenskiy dasturchi, texnika fanlari doktori, professor, Krivoy Rog iqtisodiyot intitutining informatika kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
Onasi - Rimma Zelenskaya esa 40 yil davomida muhandislik qilgan.
Vladimir Zelenskiy prezidentlikka qadar taniqli teleboshlovchi, qiziqchi, rejissyor va prodyusser sifatida tanilgan edi.
Biroq, 2017 yilda “Kvartal-95” studiyasi yumoristlari “Xalq xizmatchisi” (Sluga naroda) siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng unga a’zo 41 yoshli Zelenskiy siyosatchi sifatida maydonga kirdi.
Siyosatga kirib kelishi
2019 yil 1 yanvarda esa Zelenskiy Ukraina bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. Uning bu gapi dastavval hazil sifatida qabul qilindi, lekin 21 yanvarda komik aktyor Ukrainaning Markaziy saylov komissiyasiga o‘z hujjatlarini topshirganidan keyin uning bu qarori hazil emasligi ma’lum bo‘ldi.
Saylov natijalari esa kutilganidan ko‘ra ancha ijlobiy bo‘ldi. Birinchi saylov yakunlari bo‘yicha Zelenskiy birinchi pog‘onaga chiqdi. Bunda uni ukrainalik oligarx Igor Kolomoyskiy tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay Zelenskiyning partiyasi saylov kampaniyasiga jami 5,5 million dollar sarflagani ochiqlandi.
Zelenskiyning saylov oldidan bergan va’dalari
Prezidentlikka nomzod Ukraina fuqarolariga faqat bir muddat – 5 yil prezidentlik lavozimini egallashini aytdi.
Shuningdek, Zelenskiy quyidagilarni va’da qildi.
– Donbassda urushni to‘xtatishga kelishish;
– vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlarni qaytarish va Rossiyadan yetkazilgan zararni qoplash;
– parlament deputatlari, sudyalar va prezident o‘zi daxlsizlik huquqidan mahrum etish bo‘yicha referendum o‘tkazish;
– iqtisodiyotni detenizatsiyasiga (oqlash) erishish;
– Ukrainani NATOga a’zo bo‘lish masalasida referendum o‘tkazish;
– Ukraina harbiylarining maoshlarini “NATO standarti” darajasiga yetkazish;
– yig‘ilishga kelmaydigan deputatlarni mandatidan mahrum qilish;
– yoshlar uchun uy-joy kredit dasturini tiklash;
– “Ukrainaliklarni iqtisodiy pasporti”ni joriy qilish, unda davlat tomonidan tabiiy boyliklarni sotishdan tushgan mablag‘ning bir qismini to‘plash.
Poroshenkoni yengish
Zelenskiy saylovlarning birinchi bosqichida raqiblardan o‘zib ketdi. Amaldagi prezident Petr Poroshenko bilan ikkinchi bosqichga o‘tdi.
Petro Poroshenko bilan birga o‘tgan saylovlarning ikkinchi bosqichida esa Ukraina Markaziy Saylov Komissiyasining yakuniy natijalariga ko‘ra Vladimir Zelenskiy jami 73,22% ovoz .(13,5 million) to‘planini ma’lum qildi.
3 may kuni “Verxovna Rada” gazetasida “Ukraina ovozi” va Ukraina Vazirlar Mahkamasining “Hukumat yetakchisi” gazetasida Ukraina Prezidenti sifatida Vladimir Zelenskiyning rasmiy portreti e’lon qilindi.
Zelenskiy – Ukraina prezidenti
2019 yil 20 may kuni Ukraina Oliy Radasining IX chaqirig‘ida Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. U o‘z jamoasining ustuvor yo‘nalishlarini mamlakat sharqida tinchlikni ta’minlash va “Ukraina Qrim va Donbassning qaytishi” deya e’lon qildi. Bundan tashqari u o‘zining kirish nutqida Oliy Rada tarqatib yuborilganini e’lon qildi va “hukumat a’zolarini kelgusi saylovlar haqida emas, balki keyingi avlodlar haqida o‘ylaydiganlar uchun o‘z joylarini bo‘shatishga chaqirdi.
Shundan so‘ng, muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilib, “Xalq xizmatchisi” partiyasi 43,16% ovoz to‘pladi. Bundan tashqari, ushbu partiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan nomzodlar bitta a’zolardan iborat 130 ta tumanni yutishdi. Buning yordamida partiya parlamentda ko‘pchilik ovozini oldi va bir partiyali hukumat koalitsiyasini tuzdi.
2019 yil 29 avgustda Ukrainaning IX chaqirig‘i bo‘yicha Oliy Rada Aleksey Goncharokning Bosh vazir lavozimiga nomzodini ma’qulladi va hukumatning yangi tarkibini tasdiqladi. Rada, shuningdek, tashqi ishlar vaziri Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan Vadim Prishtayko, mudofaa vaziri Andrey Zagorodnyuk, Bosh prokuror Ruslan Ryaboshapku, Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanov nomzodlarini ham tasdiqdan o‘tkazdi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi
2022 yil 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan u harbiy holat e’lon qildi. Zelenskiy, shuningdek, Rossiya bilan diplomatik aloqalarni zudlik bilan to‘xtatishga qaror qilib, mamlakatda umumiy safarbarlikka buyruq berdi.
Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi urush boshlanganiga bugun, 25 yanvar kuni 335 kun bo‘ldi. Bu vaqt davomida Ukraina ko‘plab qurbonlar berdi.
Birinchi xonimning tabrigi
Vladimir Zelenskiyni tug‘ilgan kuni bilan, shubhasiz, uning rafiqasi Yelena Zelenskaya tabrikladi. U o‘zining Instagram sahifasida “Men o‘n etti yoshligimda tanishgan o‘sha yigit. U mening sevgim, mening eng katta do‘stim, u o‘zi o‘ylagandan ham kuchli”, deya qo‘shimcha qilgan Ukraina birinchi xonimi.
Elena Zelenskaya o‘z postida noyob oilaviy suratni e’lon qildi va keng ko‘lamli urush yilida eri qanchalik o‘zgarganini aytdi. Birinchi xonimning tan olishicha, Vladimir kamroq tabassum qila boshlagan bo‘lsa-da, u hali ham yoshligida sevib qolgan o‘sha yigit.
“Odamlar mendan tez-tez so‘rashadi, bu yil qanday o‘zgargansan. Men esa har doim javob beraman: O‘zgarish yo‘q!
Xuddi shunday deydi men o‘n yetti yoshda tanishgan yigit. Lekin aslida nimadir o‘zgardi: siz hozir kamroq tabassum qilasiz. Masalan, ushbu fotosuratda bo‘lgani kabi ... Men sizga tabassum qilish uchun ko‘proq sabablar tilayman. Va bu nima uchun kerakligini bilasiz, hamma biladi. Sizda qaysarlik yetarli. Asosiysi sog‘ligingiz yetarli. Shunday ekan, sog‘ bo‘ling, iltimos! Men siz bilan doim tabassum qilishni xohlayman. Menga shunday imkoniyat bering!” deya ta’sirli post qoldirgan Zelenskaya.
LiveBarchasi