Zelenskiy 190 dan ortiq shaxsga nisbatan sanksiyalar kiritdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 190 nafar jismoniy va 290 nafar yuridik shaxsga nisbatan yangi shaxsiy sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritdi. Bu haqda RBK-Ukraina xabar berdi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganlar orasida Gruziyaning Rossiyaga parvozlarni qayta tiklagan Georgian Airways aviakompaniyasi ham bor. 

Shuningdek, Qozondagi “Elektropribor” zavodi rahbarlari, Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti rahbarlari, Boshqirdiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshlig‘i Latipov Marat Raisovich, dronlarni aniqlash va bostirish tizimlarini ishlab chiquvchi Proxy Technology kompaniyasi bosh direktori Aleksey Susloparov, Rossiya harbiy qo‘mondoni, zaxiradagi general-leytenant Vadim Volkovitskiy ham “qora ro‘yxat”ga kiritilgan. 

Bundan tashqari, kema radarlarini ishlab chiqaruvchi “Salyut” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi rahbariyati, “Aviaremont” aksiyadorlik jamiyati, Bolxov yarimo‘tkazgichlar zavodi, Visokovskiy mexanika zavodi, Po‘lat ilmiy-tadqiqot instituti, Rostov optik mexanika zavodi ham sanksiyalar ostida qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Gruziya sanktsiya Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing