Zelenskiy harbiy holatni uzaytirishni taklif qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga (parlament) harbiy holat va umumiy safarbarlikni 90 kunga uzaytirishni ma’qullashni taklif qildi.

Davlat rahbari Oliy Radaga Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini yana 90 kunga — 2025 yil 7 fevralgacha uzaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini taqdim etdi.

Bu 2022 yil fevral oyida Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinining boshlanishidan beri harbiy holat va safarbarlikning 13-marta uzaytirilishini anglatishi mumkin.

Harbiy holat va safarbarlikning oxirgi uzaytirilishi yozda sodir bo‘lgan – avgust oyi boshida Zelenskiy tegishli qonunlarni imzolagan.

Unga ko‘ra, harbiy holat va umumiy safarbarlik 9 noyabrgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Oliy Radasi 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ayrim fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirishdan ozod etuvchi qonunni qabul qilgandi. Qonun sog‘liq nuqtai nazaridan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan va urush paytida cheklangan yaroqlilarga harbiy xizmatdan ozod qilishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Harbiy holat davrida va 25 yoshga to‘lguncha, bunday ukrainaliklarni faqat ularning roziligi bilan chaqirish mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy safarbarlik harbiy holat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing