Zelenskiy hamdardlik bildirdi. Aviahalokat qurbonlari soni aniq bo‘ldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Tehron yaqinidagi samolyot halokatida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. 

“Yaqin Sharqdan qo‘rqinchli xabar. Bugun tongda Tehrondagi Imom Homayniy xalqaro aeroportidan uchgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti aeroportdan uncha uzoq bo‘lmagan yerda quladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, barcha yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Bizning elchixona fojia tafsilotlari va qurbonlar ro‘yxatini aniqlashtiryapti. Barcha yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining yaqinlariga hamdardlik bildiraman”, degan Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Bugun, 8 yanvar kuni tongda Eronda Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Natijada havo laynerida bo‘lgan hech kim omon qolmadi.

Halokat bo‘yicha rasmiy Kiyev bergan ma’lumotga ko‘ra, samolyotda jami 177 kishi shundan, 168 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Eron OAV va mas’ul idoralari bergan ma’lumotda yo‘lovchilar soni 167 nafar bo‘lgani ta’kidlangandi.

Vladimir Zelenskiy ko‘rsatmasi bilan Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi huzurida Boeing 737 samolyoti halokati munosabati bilan tezkor shtab tuzildi.

Shtab tarkibiga Ukraina Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Ukraina Xavfsizlik xizmati raisi, Ukraina tashqi razvedka xizmati raisi, Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Ukraina davlat xizmati raisi kiritildi.

Zelenskiy tezkor shtabga rahbarlikni Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilovga topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ukraina aviahalokat

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing