Zelenskaya erining keyingi muddatga prezident bo‘lishini istamaydi 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya turmush o‘rtog‘ining yana bir muddatga prezident etib saylanishini xohlamaydi. Bu haqda u “The Economist” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi

Zelenskaya bilan sentyabr oyida gaplashgan “The Economist” bosh muharriri Zanni Minton Beddousning so‘zlariga ko‘ra, birinchi xonimning Ukraina Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil. Shundan so‘ng, Zelenskaya uning oilasi yana birga bo‘lishi, u va eri qanday yashashni o‘ylab topishi kerakligini aytgan.

“[Ukraina g‘alabasidan keyin] biz erim va bolalarim bilan doimo birga yashaymiz. Bu [urush tugaganidan] keyin biz ta’tilga chiqamiz va biror joyga boramiz. Qayerda bo‘lsa ham birga bo‘lamiz. Faqat to‘rttamiz. Shundan so‘ng biz - u va men - bundan keyin nima qilishimiz haqida o‘ylaymiz. Chunki men uning keyingi muddatga yoki keyingi ikki muddatga prezident bo‘lishini istamayman, bu mumkin emas. Ehtimol, biz yangi narsalarni o‘ylab topishimiz kerakdir”, degan Zelenskaya.

Ma’lumot uchun, Ukrainada prezidentlik saylovlari 2024 yilning mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 2023 yil avgust oyi oxirida Vladimir Zelenskiy agar urush davrida saylovlar o‘tkazilsa, yangi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishga tayyorligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 30 noyabr kuni Ukraina Oliy Radasi rahbariyati, fraksiyalari va guruhlari navbatdagi saylovlar – prezidentlik va parlament saylovlari harbiy holat tugagandan keyingina o‘tkazilishi haqidagi bayonotni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Elena Zelenskaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing