Nilufar Usmonova xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Jamiyat

image

Rus tilini xorijiy til sifatida o‘zlashtirish darajasini tekshiruvchi xalqaro olimpiadada 25 ta davlatdan qatnashgan 100 nafardan ortiq talabalar orasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda. 

Olimpiada onlayn tarzda ikki bosqichda o‘tkazilib, unda talabalarning rus tilida tinglab tushunish, so‘zlash va mantiqiy izchilikda bexato yozish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilgan. 

Teng kurashlar ostida o‘tgan bilimlar bellashuvida mutlaq g‘oliblikni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari Nilufar Usmonova  va Tolib Mamarasulov qo‘lga kiritishdi. 

Umumjamoa hisobida O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Suriya, Tojikiston, Afg‘oniston, Zambiya, Vetnam va Misr vakillari qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiada g‘oliblariga Rossiya OTMlarida ijtimoiy soha bo‘yicha magistraturaga kirish imkoniyati beriladi, qolaversa, ularni Tyumen davlat universiteti yozgi maktabiga taklif etishadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

talaba rus tili olimpiada

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing