O‘zbekistonda oddiy do‘kon va mehmonxonalarda pivo hamda vino savdosiga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda alkogolni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
 
Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasini (keyingi o‘rinlarda – Inspeksiya) tashkil qilinishi belgilandi.
 
Shuningdek, quyidagicha tartib o‘rnatiladigan bo‘ldi:
 

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi;
 
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar mahsulotni faqat ulgurji tashkilotlarga realizatsiya qiladi, pivo mahsulotlari, ko‘piklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno;
 
barcha yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanishga haqli;
 
mahalliy pivo mahsulotlari, ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarni realizatsiya qilish barcha savdo korxonalari, shuningdek, mehmonxonalar xizmatlarini hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqini beruvchi ruxsat etish guvohnomasi bo‘lmasdan turib umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
 
Inspeksiya huzuridagi etil spirti sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar, ularning tegishli tarzda ishlashi uchun zarur texnik sharoitlarni ta’minlaydigan iste’moletil spirtini ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashadi;
 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan iste’moletil spirtini realizatsiya qilish 100 foiz haqini oldindan to‘lash shartlarida amalga oshiriladi;
 
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar oldindan to‘lovni amalga oshirmasdan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqiga ega;
 
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan iste’moletil spirtini Inspeksiya tomonidan taqsimlangan hajmlardan ortiqcha hajmda xarid qilish Inspeksiyani belgilangan tartibda xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
 
alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini rejalashtirish ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Aroq Alkogol'

Baholaganlar

54

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing