O‘zbekistonda dollar, yevro, rubl narxi qimmatlashdi
Jamiyat
−
25 fevral 2019
17330O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 26 fevral kunidan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, bir AQSH dollari 8403 so‘m 19 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 10 so‘m 99 tiyinga qimmatladi.
Yevro kursi esa 52 so‘m 75 tiyinga qimmatlab, 1 yevro 9530 so‘m 6 tiyinni tashkil etdi.
1 Rossiya rubli narxi 128 so‘m 61 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftaga nisbatan 2 so‘m, 36 tiyinga ko‘tarildi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.