O‘zbekistonda dollar, yevro va rubl kursi birdaniga ko‘tarildi
Jamiyat
−
09 dekabr 2019 19848 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 10 dekabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 9537 so‘m 55 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 26 so‘m 56 tiyinga qimmatladi.
Shuningdek, yevro hamda rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan qimmatlagan. Xususan, 1 yevro kursi 10545 so‘m 67 tiyinga baholanib, 69 so‘m 31 tiyinga, 1 rubl 149 so‘m 88 tiyinga tenglashib, 2 so‘m 0,9 tiyinga arzonlagan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28