O‘zbekistonda birdaniga dollar, rubl va yevroning narxi arzonladi
Jamiyat
−
18 fevral 2019
10351O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 19 fevral kunidan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, bir AQSH dollari 8392 so‘m 20 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 2 so‘m 95 tiyinga arzonladi.
Yevro kursi esa 32 so‘m 72 tiyinga arzonlab, 1 yevro 9477 so‘m 31 tiyinni tashkil etdi.
1 Rossiya rubli narxi 126 so‘m 25 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘m, 42 tiyinga arzonladi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.