O‘zbekiston terma jamoasi Marokashda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Marokashda dzyudo bo‘yicha Gran-pri tasnifiga kiruvchi musobaqa yakunlandi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan joriy turnirda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqida Olyimpic.uz xabar tarqatdi.

Musobaqa yakunlangach, barcha jamoalarning medallari sarhisob qilinmoqda. O‘zbek kurashchilari turnir davomida 2 ta oltin va shuncha bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu muvafaqqiyat esa, joriy Gran-prining umumjamoa bo‘yicha ikkinchi o‘rinini O‘zbekiston terma jamoasiga taqdim etdi.

Bu borada birinchi o‘rin Germaniya termasiga nasib etdi. Nemis dzyudochilari musobaqada 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Kuchli uchlikni esa fransiyalik polvonlar yakunlab berishdi. Ular hisobida 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari mavjud. 

Marokash Gran-prisida quyidagi o‘zbek sportchilari medallarni qo‘lga kiritishdi:

Oltin – Sharofiddin Lutfullayev (-60 kg) va Sardor Nurullayev (-66 kg)
Bronza – Hikmatillo To‘rayev (-73 kg) va Muhammadkarim Xurramov (-100 kg).


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Marokash Gran-prisi

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing