O‘zbekistonda o‘rtacha umr davomiyligi qancha?
Jamiyat
−
15 fevral 2019 19439 1 daqiqa
O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholining umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “Lancet” nashri tomonidan e’lon qilinadigan Global Burden of Disease tadqiqotida aytilgan.
Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda o‘rtacha umr davomiyligi bo‘yicha yetakchilik qilyapti. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 73,8 yilga teng.
Tojikistonda o‘rtacha umr davomiyligi 73,7 yilni tashkil qilyapti. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 72,4 yilga, Qirg‘izistonda 70,9 yilga, Turkmanistonda 70,4 yilga teng.
Dunyoda o‘rtacha umr davomiyligi eng uzun mamlakat deb Gonkong (84,3 yil) topildi. Undan keyin Yaponiya (83,8 yil) va Italiya (83,5 yil) joy olgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025