O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
03 mart 2019
9357Kecha, 2 mart kuni taniqli folklorshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev 76 yoshida vafot etdi.
Omonulla Madayev 1942 yilning 20 mayida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964 yil hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Filologiya fakultetini tamomlagan.
U faoliyatini 1958 yil Toshkent shahar 1-sonli maktab-internat o‘qituvchisi lavozimida boshlagan. 1964 yil Toshkent shahar 82-sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi sifatida ishlagan. 1966 yil O‘zMU O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida ishlagan, 1982 yildan Toshkent davlat universitetining o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan.
Omonulla Madayev O‘zbekistondagi abituriyentlarni tayyorlovchi ilk darslarni tashkil etgan pedagog bo‘lib, ma’lum vaqt O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dekani sifatida ham faoliyat yuritgan.
U o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, adabiyotshunoslik va pedagogikaga oid bir qator darsliklar muallifi hisoblanadi.
QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari nomidan marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.
LiveBarchasi