O‘zbekiston delegatsiyasi yana Germaniyaga boradi
Jamiyat
−
13 fevral 2019 6204 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyasi 2019 yil 13-16 fevral kunlari amaliy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘ladi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etadi.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Myunxen shahrida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi 1962 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Unda Amerika va Yevropa davlatlari bilan birga Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya singari Sharq mamlakatlari ham ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkelning taklifiga binoan 2019 yil 20-22 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr