O‘zbekiston AQSH bilan harbiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston AQSH bilan harbiy kadrlarni tayyorlash sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Milliy gvardiya Axborot xizmati xabar bermoqda.

Kongressmen Trent Kelli va Darin Laxud boshchiligidagi AQSH Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasi bugun, 23 avgust kuni poytaxt Toshkentda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Jo‘rayev bilan uchrashdi. 

Muloqot davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasining AQSH tomoni bilan harbiy hamkorligi, shu jumladan AQSH Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Gap shundaki, joriy yil mart oyida AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor J.Boylzni O‘zbekistonga tashrifi davomida, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor Jo‘rayev bilan uchrashgan edi.

Muloqotda o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida shu kunga qadar bir qator o‘quvlar va amaliy treninglar muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari AQSH mutaxassislari ishtirokidagi o‘quv kurslari va seminarlarda malakalarini oshirganligi ta’kidlab o‘tilgan.

Uchrashuv davomida, jamoat tartibini saqlash, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlarni oldini olish, harbiy kadrlarni tayyorlash sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval kongressmen Trent Kelli va Darin Laxud boshchiligidagi AQSH Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev va Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan muloqot qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing