Zaynilobiddin Nizomiddinovdan Zelimxon Haydarovgacha. Prezidentning yangi saytidan Administratsiya a’zolari haqidagi ma’lumotlar o‘rin oldi

Jamiyat

image

Kecha, 1 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayti yangilangan dizaynda ish boshladi. Saytning yangi ko‘rinishidan mamlakat tarixida ilk bor Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati rahbarlari, maslahatchilar, departament rahbarlari haqida ma’lumotlar va ularning suratlari o‘rin olgan. 

Sayt Uzinfocom tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u avvalgisiga qaraganda ancha qulay, zamonaviy va kontent jihatidan boy. Shuningdek, saytning o‘zidan Prezidentning virtual qabulxonasiga murojaat yo‘llash imkoni mavjud. Bosh sahifada bunga alohida urg‘u berilgan. 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov davridan qolgan an’anaga ko‘ra, mamlakatda davlat rahbari ma’muriyati a’zolari shaxsi va ular haqidagi ma’lumotlar, jumladan ularning suratlari sir tutib kelingan. O‘zbekiston Prezidentining avvalgi saytida bu ma’lumotlar mavjud emasdi. Yangi saytda esa barcha ma’lumotlar, hatto Ijro etuvchi apparati rahbarlari, maslahatchilar, departament rahbarlarining suratlari ham joylashtirilgan. 

Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Magrupov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Alisherbek Paygamov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari v.v.b. Dilnoza Ziyomuhamedova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayter Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan Gulyamov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Inoyatov, Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rusta Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari Bekzod Mavlonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti rahbari Zelimxon Haydarovning suratlari va ular haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi bo‘sh ekani ko‘rsatilgan. 

Qolaversa, saytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosarlari Galina Saidova, Obid Hakimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosarlari Umar Ismoilov, Adham Bekmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Ulug‘bek Toshxo‘jev, Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov, Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Laziz To‘ychiyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Abdurashid Jo‘raboyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Olim Saliyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbarining o‘rinbosarlari Ulug‘bek Xanayev, Mansurbek Olloyorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari – Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosarlari Bahodir Toshmatov, Bobur Usmonov, Bobur Shoyoqubov haqida ham ma’lumotlar bor. 

Sayt bosh sahifasi besh sahifadan iborat banner bilan boshlanadi. Unda saytga joylashtirilgan so‘nggi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. 

So‘nggi yangiliklar bo‘limidan keyin esa O‘zbekiston Prezidentining Telegram, Instagram, Facebook, Twitter va YouTube’dagi sahifalariga havola berilgan. 

Yangi saytning media imkoniyatlari eskisidan ancha farq qiladi. Xususan, unda endi videoreportajlarni ham ko‘rish mumkin. Saytning bosh sahifasidan Prezident Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videoreportajlar o‘rin olgan. 

Shuningdek, Prezident saytida zamonaviy media imkoniyatlaridan keng foydalanilgan. Bunda infografikalarga alohida o‘rin berilgan. Prezident farmon va qarorlari ijrosi, nutqlarda ilgari surilgan takliflar bo‘yicha sodda, tushunarli infografikalar tayyorlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Administratsiyasi

Baholaganlar

778

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar