“Zapravkalar”da 9 mln litrdan ziyod benzinning sifatsizligi aniqlandi

Jamiyat

image

AYOQSHlarda 9 mln 150 ming litr neft mahsulotlari sifatsiz ekanligi aniqlandi. Bu haqda "O‘zenergoinspeksiya" xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar – sentyabr oylarida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 225 ta holatda sifatsiz neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlangan. Natijada, jami 179 mln 39 ming litr neft mahsulotlaridan 9 mln 150 ming litri sifatsizligi ma’lum bo‘lgan.

Unga ko‘ra, sifatsiz neft mahsulotlari eng ko‘p aniqlangan holatlar, asosan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab 4 ming tonnadan ortiq  talabga javob bermaydigan benzin sotilayotgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston AYoQSh sifatsiz benzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing