“Zapravka”da mas’ullarni tanqid qilgan fuqaroning ishi qayta ko‘rib chiqiladi
3-sahifa
−
02 yanvar
31239Toshkentda “zapravka”lardagi sharoitni tanqid qilib, 15 sutkaga qamalgan va hozir qayerda saqlanayotgani noma’lum qolayotgan G‘ayrat Do‘stovning ishi ertaga, 3 yanvar kuni qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda advokat Abdumalik Abdullayev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro G‘ayrat Do‘stov va uning advokatlari tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatlariga asosan unga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ertaga, 3 yanvar kuni soat 10:00 da ko‘rib chiqiladi. Sudga sudya Farruh Ergashev raislik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov huquqbuzar deb topilgan G‘ayrat Do‘stovning qayerda saqlanayotganini ochiqlashdan bosh tortgan edi.
LiveBarchasi