Zaporojedagi falokat uchun Bayden va Zelenskiy javobgar – Volodin

Olam

image

Ukrainaning Rossiya tomonidan egallangan Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fojialilar uchun javobgarlik AQSH Prezidenti Jo Bayden va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga yuklanadi. Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin shunday fikr bildirdi.

“Vashington va Kiyev rejimining harakatlari yadroviy falokat xavfini keltirib chiqaradi”, deydi Volodin.

Uning ta’kidlashicha, Zaporoje atom elektr stansiyasi raketa va og‘ir artilleriyadan o‘qqa tutilmoqda.

“Bu Ukrainaning aksariyat viloyatlari va bir qator Yevropa davlatlari aholisi uchun ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buning uchun mas’uliyat Bayden va Zelenskiy, shuningdek Yevropa davlatlari rahbarlari zimmasiga tushadi”, deydi Volodin.

Davlat Dumasi spikeri, shuningdek, Yevroparlament Yevropa fuqarolari hayotiga tahdid soluvchi masalani ko‘rib chiqish uchun bugun bayramlarni to‘xtatib qo‘yishi to‘g‘ri bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, Zaporoje Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lib, u Ukrainadagi barcha elektr energiyasining chorak qismini ishlab chiqaradi. Qariyb 6 ming megavatt quvvatga ega ushbu inshoot oltita energiya blokidan iborat. Hozirda atom elektr stansiyasi to‘liq quvvatining 70 foizida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, UNIAN nashri 5 avgust kuni rus bosqinchilari Zaporoje AESiga to‘rt marta o‘q uzgani haqida ma’lumot bergan edi. Shuningdek, Zaporoje atom elektr stansiyasi bosqinchilar tomonidan o‘qqa tutilganidan so‘ng, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlatlarni butun Rossiya atom sanoatiga nisbatan qattiq sanksiyalar joriy etishga chaqirgan.

Rossiya esa AESga hujumda Ukrainani aylabyapti. Rasmiy Moskvaga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalari tomonidan Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi yadroviy terrorizm akti va bu Chernobildan ham kattaroq falokatga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Zaporoj'e

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing