Zaporoje AES to‘liq to‘xtatildi

Olam

image

Ukrainaning “Energoatom” milliy atom energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Zaporoje AES to‘liq to‘xtatilganini e’lon qildi.

“Energoatom” ma’lumotiga ko‘ra, 11 sentyabrga o‘tar kechasi Zaporoje AESning 6-sonli energiya bloki elektr tarmog‘idan uzilgan va hozir uni sovuq holatga o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

“So‘nggi uch kun davomida 6-energoblok Zaparojeya AESning faqat o‘z ehtiyojlarini juda past quvvat darajasida (114 dan 140 MVtgacha) qondirib, orol rejimida ishladi, chunki AESning Ukraina energetika tizimiga ulovchi barcha aloqa liniyalari Rossiyaning o‘qqa tutishi oqibatida zarar ko‘rdi”, deyiladi xabarda.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, 10 sentyabr kuni ZAESning o‘z ehtiyojlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun aloqa liniyalaridan biri qayta tiklanganidan so‘ng, uni Ukraina energetika tizimidan uzish imkoni paydo bo‘lgan.

“Energetika tizimi bilan aloqa liniyalari qayta shikastlangan taqdirda, Zaparoje AESning o‘z ehtiyojlari texnologik resurs va mavjud quvvat miqdori bilan cheklangan dizel generatorlari bilan ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

“Energoatom” ZAESga qo‘shimcha dizel yoqilg‘isi partiyalarini yetkazib berish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rayotganini ta’kidladi.

Oltinchi energiya blok Zaporoje AESning ishlayotgan yagona qismi bo‘lib turgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya mart oyi boshida ZAESni egallab oldi, shundan keyin ukrainalik xodimlar stansiyada ishlashda davom etdi. 5 avgust kuni ukrain matbuoti ruslar ZAESga to‘rt marta o‘q uzgani haqida xabar berdi. So‘nggi kunlarda elektr stansiyasi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda, bunda Rossiya va Ukraina bir-birini ayblamoqda. Rasmiy Moskvaga ko‘ra, Ukraina bo‘linmalari tomonidan Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘qqa tutilishi yadroviy terrorizm akti va bu Chernobildan ham kattaroq falokatga olib kelishi mumkin.

Zaporoje Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lib, u Ukrainadagi barcha elektr energiyasining chorak qismini ishlab chiqaradi. Qariyb 6 ming megavatt quvvatga ega ushbu inshoot oltita energiya blokidan iborat. Hozirda atom elektr stansiyasi to‘liq quvvatining 70 foizida ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing