Zangiotalik tovlamachining “ovi” yurishmadi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2019
3173Xorazm viloyatining Xiva tumanida yashovchi Yu.J. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, u o‘z arizasida, Toshkent shahrida ustachilik bilan shug‘ullanishini, Toshkent shahrida yashovchi shaxs uning oldiga kelib “ishlagan pulingni yarmini berasan” deb qo‘rqitib, 20 million so‘m talab qilayotganini ma’lum qilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Mazkur murojaat yuzasidan joriy yilning 3 sentyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi M.F. belgilangan manzilda 20 million so‘m pulni olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi