Zangiotada 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida 260 gektar bo‘sh yer maydonini 400 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti xabar berdi. 

1985 yilda tug‘ilgan “Chirchiq shag‘al saralash” MCHJ direktori bir fuqaro bilan Yuqori Chirchiq tumanida g‘allachilik-chorvachilik yo‘nalishida ajratilgan 260 gektar bo‘sh yer maydonini 400 000 AQSH dollariga sotishga kelishgan.

Ushbu shaxs hujjatlarini kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali pul evaziga tayyorlab berishni va’da qilib, oldindan bo‘nak tariqasida 40 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing