Zamonaviy Xitoy sovuq urush davridagi SSSR emas – Pentagon

Olam

image

AQSH Xitoy bilan strategik raqobatda sovet blokiga qarshi sovuq urush davrida qo‘llanilgan taktikani ishlatib, g‘alaba qozona olmaydi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ketlin Xiks ma’lum qildi.

“Biz Xitoy bilan hozirgi strategik raqobat davri uchun Amerika milliy mudofaasini mustahkamlayapmiz. Zamonaviy Xitoy sovuq urush davridagi sovet bloki emas. Biz strategik raqobatda shunchaki 40 yil oldingi taktikani qayta qo‘llash orqali muvaffaqiyatga erisha olmaymiz. Ammo strategik raqobat holatida ekanimizga shubha yo‘q”, dedi Xiks.

Unga ko‘ra, Xitoy xalqaro tartibni o‘zgartirishga intilayotgan yagona davlat bo‘lib, u buni amalga oshirish uchun iroda va o‘sib borayotgan vositalarga ega.

“Albatta, raqobat nizo degani emas. Chunki hech kim bunday urush keltirib chiqaradigan global vayrongarchiliklarni istamasligi kerak. Biz Xitoy rahbariyati har kuni uyg‘onib, agressiya xavfini o‘lchab, o‘z-o‘ziga shunday deyishini xohlaymiz: bugungi kun urush qilish uchun to‘g‘ri kun emas. Ular buni nafaqat hozir, balki 2027 yilda, 2035 yilda va 2049 yilda ham o‘ylab, har kuni shunday qarorga kelishlarini xohlaymiz”, deydi Xiks.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning AQSHdagi elchixonasi ATASMS raketalarining Rossiya Federatsiyasi hududiga mumkin bo‘lgan zarbalarini va Ukrainadagi mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni qoralagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy SSSR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing