“Zamministr”ning ikkinchi xotiniman. Hozir telefon qilaman”. Tarmoqni portlatgan lavha
3-sahifa
−
26 avgust 2021
23211Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida o‘tkazilgan reyd vaqtida sodir bo‘lgan voqea videosi keng tarqalmoqda. Unda qoidabuzar ayol va uning ukasi ichki ishlar idoralari xodimlariga faol qarshilik qilganini ko‘rish mumkin.
"Uzreport" telekanali lavhasidan ma’lum bo‘lishicha, YPX xodimlari tungi reyd vaqtida Nexia-3 mashinasini to‘xtatgan. Haydovchining tegishli hujjatlari bo‘lmagan. Ayol jarimani buzgani yetmaganidek, "zamministr"ning ikkinchi xotini ekanini aytib, jazodan qutulishga harakat qilgan.
"Man zamministrni ikkinchi xotiniman, hozir bitta telefon qilaman, ko‘rasiz", degan ayol YPX xodimlariga qarata.
Haydovchiga hamrohlik qilgan va uning ukasi ekani aytilgan yigit esa telekanal xodimining kamerasini sindirib tashlash bilan tahdid qilgan. YPX xodimlari yigitni voqea joyining o‘zida mashinaga o‘tkazib olib ketgan.
Holat bo‘yicha hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.
LiveBarchasi