“Zamhokim”ga suiqasd: qurol IIVga tegishli ekani aniqlandi
Olam
−
03 Sentabr 2025 20981 2 daqiqa
Avvalroq, Qozog‘istonning Shimkent shahrining sobiq hokim o‘rinbosari Ruslan Berdenovga suiqasd uyushtirilgani haqida xabar berilgandi. Mahalliy nashrlar keyinroq “zamhokim”ga qarshi ishlatilgan qurol politsiyadan olingani haqida xabarlar tarqatdi. Qozog‘izton Ichki ishlar vaziri Yerjan Sadenov Majlis (parlamentning quyi palatasi) yig‘ilishidan so‘ng mazkur xabarlar yuzasidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.
“Afsuski, shunday vaziyat bo‘lgan – kimdir kimdandir nimanidir sotib olmagan, balki xodimlar loqaydlik qilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov doirasida hammasini aniqlaymiz – aybdorni, kim sotganini va hokazo”, deydi Yerjan Sadenov.
Ruslan Berdenovga suiqasd
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 aprel kuni Shimkent hokimiyati yonida shahar hokimi o‘rinbosari Ruslan Berdenovga bir necha marotaba o‘q uzilgandi. Mansabdor shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizilib, operatsiya qilingan. Keyinroq u sog‘aygan va shifoxonadan chiqarilgan.
Gumonlanuvchi cifatida davlatga qarashli “Turg‘in uy Shimkent” MCHJ sobiq rahbari Ernar Jiyembay qo‘lga olingan. Tergov jarayonida uning Ruslan Berdenov lavozimini egallaganidan keyin korxona rahbarligidan bo‘shatilgani va shu sababli Berdenovdan o‘ch olishga uringani ma’lum bo‘lgandi.
Prokuror sudlanuvchining 11 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinishini so‘radi. Ammo sud yakunda uni odam o‘ldirishga suiqasd qilishda aybdor deb topib, 9 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.
Qayd etish joiz, o‘tgan hafta Ruslan Berdenov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etdi.
Live
Barchasi