Zaxiradagi askarlar harbiy mashg‘ulotlarga jalb qilinadi. Putin farmon imzoladi
Olam
−
11 may 2023
8295Rossiya Prezidenti Vladimir Putin zaxiradagi fuqarolar uchun harbiy tayyorgarlikni boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Tegishli hujjat rasmiy portalda e’lon qilindi.
Farmonda aniqlik kiritilishicha, zaxiradagilar Rossiya Qurolli Kuchlari, Milliy gvardiya qo‘shinlari, shuningdek, davlat xavfsizlik organlari va federal xavfsizlik xizmatida harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.
Shuningdek, mamlakat hukumati va Rossiyaning ta’sis subyektlarining ijro etuvchi organlariga fuqarolarni o‘quv lageridan o‘tishga chaqirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlashi buyurilgan. Farmon e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi aytilgan.