Putin Ukrainaga bosqin bo‘yicha takliflarni tingladi

Olam

image

16 dekabr kuni Prezident Vladimir Putin Ukrainadagi operatsiyada ishtirok etgan harbiy bo‘linmalarning qo‘shma qarorgohida bo‘ldi. Qayd etilishicha, Putin qo‘mondonlarning maxsus harbiy operatsiya bo‘yicha takliflarini tinglagan. Bu haqda Kremlning Telegram kanalida xabar berildi.

Davlat rahbari shtab ishi bilan tanishdi, “maxsus harbiy operatsiya”ning borishi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdi, shuningdek, konferensiya va qo‘mondonlar bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Putin bilan uchrashuvda Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov va qo‘shinlar qo‘shma guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikin ishtirok etdi. 

Ma’lumot uchun, General Sergey Surovikin oktyabr oyidan beri Rossiya qo‘shinlarining qo‘shma guruhini boshqarib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin

Baholaganlar

665

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing