Zaxarova AQSHdan ISHID yetakchisini o‘ldirishda qurbon bo‘lgan bolalar xunini so‘ramoqda
Olam
−
21 fevral 2022
11348Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSHni “demokratik davlatlar sammiti”da ISHID yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshim al-Qurayshiyni yo‘q qilish chog‘ida tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgani haqida gapirishga undamoqda.
Diplomatning ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden “odatiy amerikacha tashabbus bilan" "Amerika xalqi va ittifoqchilarimizni himoya qilish va dunyoni xavfsizroq joyga aylantirish uchun muvaffaqiyatli aksilterror operatsiyasini" e’lon qilgan.
"Keyinchalik tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, AQSH harbiylari operatsiya davomida kamida ikki voyaga etmagan bolani o‘ldirgan (buni o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida Pentagon tasdiqlagan), gumanitar nodavlat tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, amerikaliklar bundan ham ko‘proq tinch aholi (to‘rt bola va uch ayol)ni otib o‘ldirishgan”, deb yozadi Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida.
Zaxarovaning qayd etishicha, bu demokratik davlatlar sammiti uchun ajoyib hikoya.
"Liberalizm diktaturasining go‘zal kelajagiga intilayotgan sivilizatsiyalashgan dunyo oyog‘i ostidagi navbatdagi "garov qurbonligi", deydi Rossiya TIV rasmiy vakili ushbu holatga baho berib.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 fevral kuni AQSH maxsus kuchlari Suriyada o‘tkazilgan operatsiya davomida Al-Bag‘dodiydan keyingi ISHID rahbari etib tayinlangan Abu Ibrohim al-Hoshim al-Qurayshiyni yo‘q qildi. Bildirilishicha, ushbu maxsus operatsiya 2019 yil AQSH ISHID sobiq rahbari Al-Bag‘dodiy o‘ldirilishi ortidan o‘tkazilgan eng yirik harbiy amaliyot sanaladi.
“White Helmets” Suriya fuqaro mudofaasi guruhining bildirishicha, o‘tkazilgan reyd chog‘ida yana 13 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning 6 nafari yosh bolalar va 4 nafari ayollar ekani aytilgan.
LiveBarchasi