Yuzdan ortiq afg‘on talabasi O‘zbekistondagi o‘qishiga qaytdi

Jamiyat

image

Termizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 100 dan ortiq afg‘onistonlik talaba O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda “Sputnik” Afg‘oniston uchun mutaxassislar tayyorlaydigan Termiz ta’lim o‘quv markazi direktori Oybek Ro‘ziyevga asoslanib, xabar berdi.

“Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishni davom ettirish uchun kelgan. Kayfiyatlari a’lo. Ta’tildan keyin o‘qishga kirishadi”, degan u.

Termizda afg‘onlar ikki mutaxassislik – o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi hamda temir yo‘l qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha tahsil oladi. Ularning o‘qishlari uchun to‘lov paritet asosda to‘lanadi.

Joriy o‘quv yilida Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat keskinlashgani sababli birinchi kursga qabul amalga oshirilmadi. Biroq qo‘shni davlat rasmiylari bilan allaqachon kelishuvga erishilgan va 2022 yil fevral oyida yana 100 nafarga yaqin afg‘onistonlik Termizga maxsus kurslarga keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing