“Yuventus” Ronalduga “o‘rinbosar” topdi 

Sport

image
0:00
0:00
download

Moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan “Barselona” ushbu yozda o‘z tarkibini sezilarli darajada o‘zgartirishga harakat qiladi. Hujumchi Antuan Grizmann Kataloniya klubini tark yetish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Xabarga ko‘ra, Grizmanning transferiga “Yuventus” qiziqish bildirmoqda. Ular hujumchini mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Krishtianu Ronalduning o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda. 

Bitimning asosiy muammosi shundaki, hozirda Italiya jamoasi ham qiyin iqtisodiy ahvolda. Shu sababli, transfer varianti imkonsiz bo‘lib tuyulmoqda. 

Kataloniya klubi Grizmanni keyinchalik sotib olish sharti bilan “Yuve”ga ijaraga berishni haqiqatga yaqinroq deb hisoblamoqda. 

Avvalroq, ushbu mavsum oxirida “Barselona”ni Neto, Samyuel Umtiti, Xunior Firpo, Miralem Pyanich, Mateus Fernandes, Martin Breytueyt, Filippe Koutino kabi futbolchilar tark etishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

407

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing