Katta o‘zgarish: “Barselona”ni 14 nafar futbolchi tark etishi mumkin
Sport
−
15 may 2021 17593 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati jamoa tarkibini jiddiy tarzda yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati 14 tagacha futbolchi bilan xayrlashish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti.
Ushbu mavsum oxirida “Barselona”ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatorida Neto, Samyuel Umtiti, Xunior Firpo, Miralem Pyanich, Mateus Fernandes, Martin Breytueyt, Filippe Koutino va boshqalar bor.
“Barselona” bunday qadamlar maoshni sezilarli darajada tejashga, shuningdek, futbolchilardan birining foydali sotilishiga olib keladi deb kutmoqda.
Shuningdek, klub jamoa tarkibini qayta ko‘rib chiqish kelasi mavsum sovrinlar uchun kurashishga imkon beradi, deb hisoblamoqda.
Avvalroq, “Barselona” klubi “Borussiya Dortmund” o‘yinchisi Erling Xolandni sotib olish uchun Lionel Messi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo‘yicha ishlarini qurbon qilishga tayyorligi aytilgandi.
Ayni paytda “Barselona” Ispaniya chempionati jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa yetakchi “Atletiko”dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.
Live
Barchasi