“Yuventus” PSJga yo‘q dedi

Sport

image

PSJ jamoasi Mattia De Shilo bo‘yicha "Yuventus"ga taklif bilan chiqqan edi.

Ushbu transfer amalga oshmaydi, sababi turinliklar taklifni rad etdi, deya ma’lumot berdi jurnalist Romeo Agresti.

Parijliklar De Shiloni qo‘lga kiritish uchun bir necha marta urinib ko‘rdi, lekin "Yuventus" vakillari italiyalikni qo‘yib yubormasligini aytib o‘tgan. 

26 yoshli De Shilo amaldagi shartnomaga ko‘ra, yana 3 mavsum "keksa sinora" safida maydonga tushishi mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus PSJ

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing