“Yuventus” “PSJ”ga taklif bilan chiqdi
Sport
−
30 Sentabr 2019
3762Turinning "Yuventus"jamoasi Parijning PSJ klubiga o‘z futbolchisini taklif qilmoqda.
Turinliklar Tomas Myoneni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun yarim himoyachi Emre Janni qo‘yib yuborishga tayyor. Bitim tez orada imzolanishi mumkin, chunki Fransiya chempioniga markazda o‘ynaydigan futbolchi kerak.
Myonening klub bilan tuzgan shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z yakuniga yetadi va futbolchi shartnomani hali uzaytirgani yo‘q. Jan o‘tgan yilda "Liverpul"dan "Yuventus"ga o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Emre Jann 1994 yilda Germaniyada tug‘ilgan. U "Yuventus" klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi hisoblanadi. Turinliklar safiga 2018 yilda kelib qo‘shilgan.
Tomas Myone 1991 yilda Belgiyada tug‘ilgan.U "PSJ" klubi va Belgiya terma jamoasi himoyachisi sanaladi. "PSJ" tarkibida 2016 yildan beri to‘p suradi.
LiveBarchasi