“Yuventus” Morata sabab “Barselona”dan norozi bo‘lmoqda

Sport

image

“Yuventus” Alvaro Morata transferi borasida “Barselona”ning yuritayotgan siyosatidan norozi. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi hujumchi bilan klub roziligisiz kelishuvga erishgan. Turinliklar ustozi Massimiliano Allegri esa ispaniyalik hujumchini qo‘ldan boy bermaslikka bel bog‘lagan.

“Yuventus” Morata o‘rniga o‘rinbosar topilsagina uning jamoadan ketishiga ruxsat beradi, biroq transfer byudjeti cheklangani uchun yanvar oyida unga mos o‘rinbosar futbolchi sotib ololmaydi.

Morata transferi bo‘yicha kelishuv 95 foizga hal qilingan, biroq mayda masalalar hal qilinishi kerak. “Ko‘k-anorranglilar” “Yuventus” bilan hujumchini 6 oy muddatga ijaraga olishni rejalashtirigan. Birinchi navbatda Alvaroning sobiq klubi “Atletiko” bilan ham kelishuvga erishilgan.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli hujumchi “Barselona” bilan kamida 1,5 yillik shartnoma imzolaydi. Yaqin orada uning agenti Xuanma Lopes kelishuv yopilganini rasman tasdiqlashi ma’lum qilingan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Yuventus Morata Xuanma Lopes

Baholaganlar

23

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing