“Yuventus”dan katta qadam: de Ligt Turinda

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” klubi Amesterdamning “Ayaks” klubi himoyachisi Matteys de Ligtni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, turinliklar 19 yoshli futbolchini 75 mln yevroga sotib olgan. De Ligt “Yuventus” safida 12 mln yevro maosh oladi. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amalda bo‘ladi.

Oldinroq, futbolchini kataloniyaning “Barselona” jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishi aytiliyotgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniya klubi Grizmanning transferi uchun 120 mln yevro sarflagani uchun de Ligtni sotib olish qaroridan voz kechgan. 

Shuningdek, “ko‘k-anorranlilar” PSJdan Neymarni ortga qaytarish bo‘yicha ishga kirishgan. Parijliklar braziliyalik futbolchini 200 mln yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Yuventus Ayaks Matteys de Ligt

Baholaganlar

10

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing