“Yuventus” “Barselona” a’zosi uchun 50 mln yevro to‘lamoqchi

Sport

image

Turinning “Yuventus” klubi Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxoni sotib olish uchun zarur bo‘lgan 50 million yevroni to‘lamoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Janluka Di Marsio X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Arauxo “zebralar” uchun birinchi tanlov bo‘lib qolmoqda, ular hozirda muzokaralarni boshlash uchun kataloniyaliklardan javob kutmoqda.

Qayd etilishicha, “keksa senora” uchun ikkinchi variant “Benfika” himoyachisi Antonio Silvaning transferi bo‘lgan. Biroq futbolchining agenti Jorje Mendesh Italiya jamoasini bunday transferga Portugaliya tomoni to‘liq to‘sib qo‘ygani haqida ma’lum qilgan.

Urugvaylik himoyachining “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Arauxo klubning shartnomani uzaytirish bo‘yicha bir qancha takliflarini rad etdi. Joriy mavsumda Arauxo Ispaniya kubogi doirasidagi bitta o‘yinda maydonga tushib, golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy bahosi 55 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Yuventus Ronal'd Arauxo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing